HAQ TO‘LANADIGAN STAJIROVKANING KELIB CHIQISHI, RIVOJLANISHI ASOSLARI
Keywords:
stajirovka, haq to‘lash, kasbiy tayyorgarlik, mehnat bozori, stajyor, huquqiy maqom, ijtimoiy himoya, xorijiy tajribaAbstract
Mazkur maqolada kasbiy tayyorgarlikning muhim shakllaridan biri sifatida haq to‘lanadigan stajirovka institutining kelib chiqishi, uning tarixiy rivojlanish bosqichlari hamda huquqiy va ijtimoiy asoslari tahlil qilingan. Muallif tomonidan stajirovkaning dastlabki shakllari, sanoatlashuv davridagi o‘zgarishlari, zamonaviy mehnat bozorida tutgan o‘rni va davlat siyosatidagi aks ettirilishi ilmiy-nazariy manbalar asosida yoritilgan. Shuningdek, xorijiy tajriba misolida stajyorlikka haq to‘lash mexanizmlari, stajyorlarning huquqiy maqomi va ular uchun yaratilayotgan mehnat sharoitlari qiyosiy-huquqiy tahlil etilgan. Maqolada O‘zbekistonda mazkur institutning shakllanish jarayoni, qonunchilikdagi mavjud muammolar va takomillashtirish yo‘nalishlariga ham alohida e’tibor qaratilgan. Tadqiqot natijalari asosida stajirovkani mehnatga haq to‘lash me’yorlariga kiritish, ijtimoiy himoya tizimiga bog‘lash va stajyorlar mehnatini baholashning yangi mezonlarini ishlab chiqish bo‘yicha takliflar ilgari surilgan.Downloads
Published
2025-07-15
Issue
Section
Articles